VTB banki 2026-yil 12–14-noyabr kunlari Toshkentdagi CAEx Uzbekistan majmuasida bo‘lib o‘tadigan FINOBOD 2026 forumining bosh hamkoriga aylandi.
VTB forumning ishbilarmonlik dasturidagi asosiy ishtirokchilardan biri bo‘ladi. Bank vakillari investitsiyalar, Markaziy Osiyoda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, yangi moliyaviy texnologiyalar, biometriya hamda kosmik texnologiyalardan tijorat maqsadlarida foydalanishga bag‘ishlangan sessiyalarda ma’ruza qiladilar.
Ishbilarmonlik dasturidagi keng ko‘lamli ishtirokidan tashqari, VTB FINOBOD 2026 ko‘rgazmasida o‘z stendi bilan ham qatnashadi. Bankning ko‘rgazma maydoni ishbilarmonlik uchrashuvlari, forum ishtirokchilari bilan professional muloqot va istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun xizmat qiladi.