Matbuot markazi — Toshkent Fintech Forum | 2026-yil 12–14 noyabr
14 Avgust 2026

FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 uchun rasmiy ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 Tashkiliy qo‘mitasi ishtirokchilar uchun rasmiy ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini e’lon qiladi.

Forum 2026-yil 12–14-noyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Barcha ishtirokchilar, shu jumladan avval dastlabki ariza topshirganlar ham, Forumning rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

12–13-noyabr kunlari Forumning ishbilarmonlik dasturida ishtirok etish pullik. Ro‘yxatdan o‘tish ishbilarmonlik dasturi tadbirlari, ko‘rgazma ekspozitsiyasi va FINOBOD’ning boshqa formatlarida ishtirok etish imkonini beradi.

14-noyabr — Forumning Ochiq eshiklar kuni. Ushbu kuni tadbirlarda ishtirok etish bepul, biroq saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy.

Ishtirok etish shartlari bilan tanishish va ro‘yxatdan o‘tish uchun saytning “Ishtirokchilar” bo‘limiga o‘ting.

[RO‘YXATDAN O‘TISH]

Sizni FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026da kutib qolamiz!