Matbuot markazi — Toshkent Fintech Forum | 2026-yil 13–14 noyabr
5 Noyabr 2026

FINOBOD 2026: Important Information for Participants

FINOBOD 2026 xalqaro forumini tashkil etish bilan bog‘liq muhim o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz.

Forum yangi manzilda — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Yangi manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 1A.

Forumning asosiy ishbilarmonlik dasturi sanalari ham o‘zgardi: forumning asosiy tadbirlari 2026-yil 13–14-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Rasmiy veb-saytda yalpi majlislar, mavzuli sessiyalar va ekspert muhokamalarining yangilangan jadvalini o‘z ichiga olgan dastur e’lon qilindi.

Barcha ishtirokchilar va mehmonlardan ushbu o‘zgarishlar bilan tanishib chiqishlarini hamda forumga tashriflarini rejalashtirishda ularni inobatga olishlarini so‘raymiz.

Yangilangan dastur bilan tanishish

FINOBOD 2026 forumiga qo‘shiling! Moliyaviy texnologiyalar kelajagiga bag‘ishlangan muhim muhokamalarda ishtirok etish, soha vakillari bilan uchrashish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish