13–14-noyabr kunlari Toshkentda FINOBOD 2026 — Innovatsion texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum ishbilarmonlik dasturining asosiy sessiyalari rasmiy veb-saytda jonli efirda namoyish etiladi.
Muhokamalar markazida sun’iy intellekt, fintex, raqamli transformatsiya, kiberxavfsizlik, investitsiyalar va innovatsion texnologiyalar bo‘ladi.
13–14-noyabr kunlari fintechforum.uz saytida jonli efirga qo‘shiling va FINOBOD 2026 forumining asosiy muhokamalarini real vaqt rejimida kuzatib boring!
Shuningdek, sizni forumda shaxsan ishtirok etishga taklif qilamiz! Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida ishbilarmonlik dasturining barcha sessiyalarida qatnashish, soha ekspertlari bilan muloqot qilish va professional aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Sizni FINOBOD 2026 forumida kutib qolamiz!