FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 Tashkiliy qo‘mitasi 2026-yil 12–14-noyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistan majmuasida bo‘lib o‘tadigan forumning ishbilarmonlik dasturi arxitekturasini taqdim etdi.
Forum dasturi moliyaviy texnologiyalar, raqamli infratuzilma va xalqaro moliyaviy hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Dastur markazida to‘lov tizimlarini rivojlantirish, moliya sohasida sun’iy intellekt, markaziy banklarning raqamli valyutalari (CBDC), ochiq bank tizimi (Open Banking), investitsiya texnologiyalari, kiberxavfsizlik hamda transchegaraviy moliyaviy xizmatlar masalalari bo‘ladi.
Forum doirasida yalpi majlislar, strategik va tarmoq sessiyalari, regulyatorlar hamda bank sektori vakillarining yopiq uchrashuvlari, shuningdek moliya bozori uchun ilg‘or texnologik yechimlar taqdimotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, banklar, fintech va IT-kompaniyalar, investorlar hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Dastur arxitekturasi ishtirokchilarga nafaqat sohaning dolzarb muammolarini muhokama qilish, balki yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni boshlash imkonini beradigan tarzda ishlab chiqilgan.
Forumda 30 dan ortiq mamlakatdan 6 000 dan ziyod ishtirokchi, jumladan bank sektori, texnologik kompaniyalar, investitsiya hamjamiyati va moliyaviy regulyatorlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning ishbilarmonlik dasturi arxitekturasi bilan tanishish va dastlabki ishtirok arizasini yuborish uchun forumning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.
FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 ishbilarmonlik dasturi arxitekturasi