FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 ishbilarmonlik dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri elektron tijorat, raqamli platformalar va platforma iqtisodiyotini tartibga solish masalalariga bag‘ishlanadi.
Bugungi kunda marketpleyslar oddiy savdo maydonchalari bo‘lishdan chiqib ketdi. Ular to‘lov xizmatlari, logistika, kreditlash, reklama va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarini birlashtirib, raqamli iqtisodiyotning to‘laqonli infratuzilmasiga aylanmoqda. Shu munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida raqamli platformalarni tartibga solish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda iste’molchilar va biznes manfaatlarini himoya qilish masalalari faol muhokama qilinmoqda.
Forum doirasida «Raqamli platformalar – iqtisodiyotning yangi infratuzilmasi» mavzusidagi maxsus sessiyani o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, u marketpleyslar, elektron tijorat va zamonaviy monopoliyaga qarshi tartibga solish masalalariga bag‘ishlanadi.
Sessiya ishtirokchilari quyidagi mavzularni muhokama qiladilar:
Raqamli platformalar va elektron tijoratni tartibga solish sohasida Rossiya, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Muhokamada monopoliyaga qarshi organlar, markaziy banklar, tegishli vazirliklar, yetakchi marketpleyslar, moliyaviy tashkilotlar, tarmoq assotsiatsiyalari hamda xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillarini ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda elektron tijoratning rivojlanishi raqamli iqtisodiyotning eng muhim harakatlantiruvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois marketpleyslarni tartibga solish, raqobat siyosati, moliyaviy xizmatlar va platforma ekotizimlari bilan bog‘liq masalalar global iqtisodiy kun tartibining ajralmas qismiga aylanmoqda.
FINOBOD. Tashkent International FinTech Forum 2026 Yevroosiyo mamlakatlarida raqamli bozorlar va elektron tijorat kelajagini shakllantirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, biznes vakillari va xalqaro ekspertlar o‘rtasida ochiq va professional muloqot maydonini taqdim etadi.